QO’SHIMCHA MAHSULOT

QO’SHIMCHA MAHSULOT- ishchi va xizmatchilaming qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini me’yoriy holda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’Igan mahsulotning ortiqcha qismiga aytiladi. Qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf etilgan vaqt qo’shimcha ish vaqti, mehnat esa qo’shimcha sarf etilgan mehnat deb ataladi. Qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish tarixiy taraqqiyotning asosi bo’lib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning va jamiyat a’zolarini ijtimoiy himoyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Turli mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarishning maqsadi nafaqat zaruriy mahsulotni, balki qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki u ishlab chiqarish samaradorligini ifodalaydi. Qo’shimcha mahsulotning miqdori yangi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga va uni zaruriy qo’shimcha mahsulotlarga bo’linish nisbatiga bog’liq. Mehnat unumdorligining o’sishi bu nisbatning o’zgarib borishiga, ishchining yashash darajasiga salbiy ta’sir etmagan holda amalga oshadi.