TAKLIF HAJMI

TAKLIF HAJMI – tadbirkor ma’lum narxga va vaqtda ishlab chiqarmoqchi hamda sotmoqchi bo’lgan mahsulotning miqdori. Masalan, bugun ertalab tadbirkor ishlab chiqargan 20 juft oyoq kiyimini bozorga olib chiqdi va har birini 40 ming so’mdan sotmoqchi, binobarin, taklif hajmi 20 juft oyoq kiyimga teng.