QIYMAT
QIYMAT – tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. Qiymatga asoslanib, tovarlar o’lchovdosh hisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi. Bozorda, avvalo, ikki inson – sotuvchi va xaridor munosabatga kirganlari uchun tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun tovar o’zida insonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni gavdalantiradi. Qiymat tovarning xossasi hisoblanadi.