REKLAMA

REKLAMA – bozorga chiqariladigan mahsulot (xizmat) bilan iste’molchilarni tanishtirish. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar reklamani mustaqil yoki ixtisoslashgan reklama agentligi orqali amalga oshiradilar. Reklama vositalari quyidagilardir: reklama e’lonlari, informatsion materiallar, informatsion xatlar, kataloglar, reklama filmlari va boshqalar. Reklama marketingda mahsulotni sotish tadbirlari majmuyida markaziy o’rin tutadi. Reklama quyidagi vazifalarni bajaradi: a) axborot beruvchi (yangi tovar to’g’risida ma’lumotni yoki mavjud tovarning yangi xossalarini iste’molchiga yetkazish, baholarning o’zgarishi to’g’risida axborotni yetkazish; b) ko’ndiruvchi (tovarni olish zarurligiga iste’molchini ishontirish); d) esga soluvchi (iste’molchining tovar to’g’risida xabardorligini ta’minlab turish, iste’molchilarni tovar ularga kerak bo’lib qolishi xususida ogohlantirish va hokazo).