VALRAS LEON
VALRAS LEON – (1834-1910) shveytsariyalik iqtisodchi, xalq xo’jaligining iqtisodiy-matematik modelini va umumiy muvozanat nazariyasini yaratgan. Unga binoan qiymat, ma’ lum miqdordagi tovarni me’yoriy ijtimoiy nafliligi va uni ishlab chiqarishga sarf qilingan me’yoriy ijtimoiy xarajatlar o’rtasidagi muvozanat nuqtasida aniqlanadi. Bir vaqtning o’zida talab va taklif o’zaro qoplanadigan muvozanatli iqtisodiy tizimni topishga imkon beruvchi tenglamalar tizimini ishlab chiqqan. U o’z navbatida ishlab chiqarishning optimal strukturasini topish, iqtisodiyotda tarmoqlararo balanslarni ishlab chiqishga asos bo’lib xizmat qilgan.