SOLIQQA TORTISH

SOLIQQA TORTISH – qonuniy ravishda o’rnatilgan soliq undirish (olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo’jalik kon’yunkturasining holatiga tasir ko’rsatadi va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag’larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir-biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proporsional va regressiv turlari mavjud.