SIFAT

Ma’nosi

SIFAT – tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi, qo’yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmuyi. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko’rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo’yicha qabul qilish va topshirish shartlari, shuningdek, tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo’yicha kafolatlar belgilab qo’yiladi.

O‘xshash so‘zlar

S harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar