SUBSIDIYA

SUBSIDIYA-muhtoj xo’jaliklarga alohida yordam ko’rsatish uchun davlat iqtisodiy sarflarining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U iqtisodiyotni tartibga solish vositasi bo’lib, uning maqsadi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam ko’rsatishdir. Masalan, o’ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlar, ekologik muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni ko’paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zaxirasini hosil etishda subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo’l bilan berilishi mumkin: a) bevosita budjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz berish va boshqalar).