TOVAR XOSSALARI
TOVAR XOSSALARI – tovarning iste’mol qiymati va qiymati. Tovar qiymati tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnatdir. U tovarlar ayirboshlanishida ifoda etiladi, tovar narxining obyektiv asosi hisoblanadi. Qiymat miqdorini ayrim ishlab chiqarishning yakka tartibdagi sarflangan mehnati emas, balki ijtimoiy-zaruriy mehnat sarfi, ya’ni tovarning aksariyat qismini yaratish uchun ketgan, ya’ni o’rtacha mehnat malakasi, mehnat shiddati va texnika darajasi sharoitida sarflangan va ehtiyojini qondirganligi uchun jamiyat tomonidan e’tirof qilingan mehnat belgilaydi. Tovarning iste’mol qiymati uni biror-bir ehtiyojlarni qondira olishidir. Narsaning foydaliligi uni iste’mol qiymatiga aylantiradi va undan foydalanishda namoyon bo’ladi. Tovarning iste’mol qiymatlari har qanday jamiyat boyligining moddiy mazmunini tashkil etadi. Demak, tovar ikki xossaga, ya’ni iste’mol qiymati va qiymatga ega. Tovar iste’mol qiymati va qiymatning birligidan iborat.