SUG’URTANING OBYEKTI VA PREDMETI
SUG’URTANING OBYEKTI VA PREDMETI – mulk sug’urtasida obyekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk sifatida ko’zda tutilsa, shaxsiy sug’urtada fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mehnat qobiliyati ko’zda tutiladi. Sug’urta predmeti – ana shu obyektlarning tarkibiy qismlaridir, masalan, qishloq xo’jaligi sug’urta obyekti bo’lsa, ekinlar, hosili, chorva mollarining soni, mol-mulk xillari, binolar, inshootlar, transport vositalari sug’urta predmeti hisoblanadi. Uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar obyekt bo’lsa, uyro’zg’or buyumlari, mebellar, gilamlar, televizorlar bu sug’urtaning predmeti hisoblanadi. Shaxsiy sug’urta predmetiga ma’lum yoshga yetish, mehnat qobiliyatini yo’qotish va vafot etish hodisalari misol bo’la oladi.