SUG’URTA BAHOSI

SUG’URTA BAHOSI – sug’urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati va boshqa qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug’urta bahosini to‘g’ri hisoblash uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. Sug’urta bahosi to’g’risidagi haqiqiy ma’lumot ta’rif stavkasi va sug’urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan, sug’urta summasi mol-mulkning sug’urta bahosidan oshib ketmasligi zarur.