ULGURJI NARX

ULGURJI NARX – ulgurji savdo qiluvchilarning chakana savdo qiluvchi firmalarga tovar sotishida qo’llaniladigan narx. Ishlab chiqaruvchilarning narxiga ulgurji savdo qiluvchining ishlab chiqarish, marketing xarajatlari va daromadini qo’shganda mahsulotning ulgurji narxi kelib chiqadi.