Endoplazmatik to’r
Endoplazmatik to’r – ichki mеmbrana tizimlaridan iborat hujayraning tuzilma komponenti. Ikki xil endoplazmatik to’r mavjud: silliq (ribosomasiz; zaharli moddalarni zararsizlantirish reaksiyalarini katalizlaydi, shuningdek unda lipidlar va uglevodlar sintezida hamda glikogenning parchalanishida ishtirok etuvchi fermentlar joylashgan) va donador endoplazmatik to’r (ribosomali; unda oqsil sintezi sodir bo’ladi.