Depressiya
Depressiya (lotincha depressio – ezish) – kelib chiqishi va shaklidan qat’iy nazar, yer yuzasidagi har qanday pastlik joy; tog` ma’noda – dengiz sathidan past botiq yoki soylik (masalan, Qoragiyo botig`i, Sariqamish botig`i); tektonik Depressiya – yer po`stining egilgan va usti butunlay yoki qisman cho`kindiga to`lib qolgan joyi. Masalan, Buxoro-Xiva depressiyasi (hozir bu yerdan neft va gaz topilgan).