Dyuna
Dyuna (nemischa) – shamol tuplafan qum tepalar. Dengiz, daryo, ko`llarning to`ziydigan qumli sohillarida paydo bo`ladi. Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya, teskari tomoni tik bo`ladi. Balandligi 10-30 m, ba’zan 300 m ga yetadi. Dyuna shamol ta’sirida yiliga bir necha m siljib turishi mumkin. Shamolga ro`para tomoni uzun va oldidagi tik tomoni do`mboq bo`lishi bilan dyuna cho`ldagi barxanlardan farq qiladi.