ABSOLYUT MONARXIYA

ABSOLYUT MONARXIYA (cheklanmagan, mutloq) — bunda monarxning vakolati cheklanmagan, u yagona hukmdor bo’ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (masalan, Saudiya Arabistonida) bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Mutlaq monarxiya hozirgi kunda 8 ta mamlakatda saqlangan, ular qatoriga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklar, Quvayt va boshqalar kiradi.