Dunit

Dunit – yer po`stining chuqur qismida paydo bo`lgan magmatik tog` jinsi. Asosan yashil rangdagi donador olivin mineralidan iborat bo`lib, tarkibida xromli temirtosh (xromit) dam uchraydi. Xrom va platina konlari dunit bilan bog`liq. O`zbekistonda Tomdi tog`larining janubi-g`arbiy qismida dunit topilgan.