HAMMABOP TEST: «BOShQARUVChILIKKA QOBILIYaTINGIZ BORMI?»
Shunday odamlar borki, ular har bir ishni amalga oshirishdan oldin kimningdir ko’magini, ko’rsatmasini kutib turishadi. Ular o’zlaricha mustaqil harakatlanishga odatlanmagan. Boshqaruvni kim eplashi mumkin? Mana bu savolga quyidagi testni yechgach, javob topasiz, degan umiddamiz.
1. Turli voqea-hodisalar haqida o’z fikringizga egamisiz?
A) Doimo (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
2. Fikringizni o’zgartirish osonmi?
A) Hamisha (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
3. Sizni boshliqlar, direktor yoxud rahbaringiz bilan gaplashish hayajonga soladimi?
A) Doimo (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Ba’zida (5 ball)
4. O’zingizga yoqmaydigan odamlar bilan uchrashishdan qochasizmi?
A) Doimo (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
5. Yo’lingizga to’g’anoq bo’lishsa, jahlingiz chiqadimi?
A) Hamisha (15 ball)
Sira (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
6. Sizga ortiqcha baho berib yuborishdi. Qarshi so’z ayta olasizmi?
A) Hamisha (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
7. Sizga tengqurlarga nisbatan yoshroq kishilar davrasida bo’lish yoqimlimi?
A) Hamisha (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
8. Boshqalarga noqulaylik tug’dirgandan ko’ra shu noqulaylikni o’zingizga ravo ko’rasizmi?
A) Hamisha (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
9. Jamoangizda osoyishtalik hukmronmi?
A) Hamisha (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Gohida (5 ball)
10. Siz o’z fikringizni og’zaki aytishni yoqtirasizmi, yo yozma ravishdami?
A) Og’zaki (15 ball)
Yozma ravishda (0 ball)
V) Vaziyatga bog’liq (5 ball)
11. Biror qarorga kelishdan oldin kim bilandir maslahatlashasizmi?
A) Hamisha (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
12. Suhbat davomida suhbatdoshingizning ko’zlariga tikilishga qiynalmaysizmi?
A) Doimo (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
13. Jamoa bo’lib ishlagandan ko’ra yolg’iz faoliyat yuritishni yoqtirasizmi?
A) Ha (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zan (5 ball)
14. Ba’zilar sizning ojiz jihatlaringizdan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishlari mumkinmi?
A) Doimo (0 ball)
Hech qachon (15 ball)
V) Gohida (5 ball)
15. Ko’rsatma berish siz uchun yoqimlimi?
A) Hamisha (15 ball)
Hech qachon (0 ball)
V) Ba’zida (5 ball)
Natijalar:
120 BALLDAN PAST. Siz kimlardir o’zingizni boshqarib turishiga qarshi emassiz. Chunki, siz rahbardan ko’ra, ajoyib xodim bo’lishga ko’proq moyilsiz.
125-180 BALL. Kimlardir sizga ish buyurishini yoqtirmaysiz. Ammo o’zingiz ham kimlargadir buyruq berishni istamaysiz. Xullas, ikki yo’l orasida qolib ketgansiz.
185-200 ball. Siz boshqalar ustidan hukmronlik qilishga moyil odamsiz. Adashmasak, hozir ham rahbarlik lavozimidasiz.
200 VA UNDAN ORTIQ BALL. Siz fikrimizcha rahbar bo’lib tug’ilgansiz. Har kim ham sizchalik bo’la olmaydi. Iltimos, o’zingizdan past pog’onadagilarga yordam qo’lingizni cho’zing.