Gilvata

Gilvata – dengiz va okean tublarida vulkan kullari hamda suv oqizib kelgan gillarning ishqorli muhitda o`zgarishidan hosil bo`lgan gil. Tabiatda oq, yashil, kul rang, qo`ngir va boshqa ranglarda uchraydi. Yumshoq, yog`li, silliq bo`lib, qizitilsa toshga aylanadi. Suvda buktirilsa, hajmi 2-15 barobar ortadi. Gilvata, tog` tog` yog`i, ko`kshiram, gilmoya, sozkesak toshsovun deb ham ataladi.