Suv osti tizmalari
Suv osti tizmalari – okeanlar va ba`zi bir dengizlar tagidagi uzun cho`zilgan va balandligi 4-5 km ga yetadigan ko`tarilmalar. Suv osti tizmalari uzun cho`zilgan tektonik tizmalardan (ular hammasi bo`lib 75 ming km cho`zilgan), burmali-palaxsali, vulkanik tizmalardan, yoysimon orollarning burmali-palaxsali tizmalari va vulkanlardan, yer po`stining yoriqlari bo`ylab cho`zilgan jarliklardan iborat bo`ladi.