Neft, qoramoy
Neft, qoramoy – yonuvchi moysimon suyuqlik. Rangi odatda, to`q qo`ngir yoki ko`kish – qo`ng`ir. Yonganda 10400-11000 kkal/kg issiqlik beradi. Tarkibiga ko`ra neft parafinli, naftenli bo`ladi va ba’zan aromatik uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat. Neftda aralashma holida kislorodli birikmalar (asosan naftenli kislotalar), oltingugurt va azot, smolali va asfaltli moddalar bo`ladi. Neftda 84-85% ga yaqin uglerod, 12-14% vodorod bor. Neft tog` jinslari (qum, qumtosh, ohaktosh) orasida yotadi. Neftdan haydash yo`li bilan benzin, kerosin, surkov moylari, mazut, gudron, vazelin, parafin va boshqalar olinadi. Neftning asosiy konlari: Sibir (Tyumen), Volga bilan Ural oralig`, Apsheron yarim oroli (Boku), Shimoliy Kavkaz (Maykop, Grozniy), Emba hududi, G`arbiy Ukraina, Saxalin, AQSH, Venesuela, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari.