Osma vodiy
Osma vodiy – tagi bosh vodiydan balandda joylashib, unga tik kesilib yoki jarlik hosil qilib tushadigan vodiy. Osma vodiy mazkur vodiyda asosiy vodiydagiga nisbatan chuqurlatish eroziyasi sust ro`y berganda hosil bo`ladi. Eroziyaga turli darajada chidamli tog` jinslarida ham osma vodiy osma vodiy hosil bo`ladi. Tektonik uzilish natijasida ham vujudga keladi.