Platina rudalari
Platina rudalari (ispancha plata – kumush) – tarkibida platina gruppasiga kiradigan metallar (platina, osmiy, iridiy, palladiy, rodiy, ruteniy) bo`lgan mineral birikmalar. Bulardan eng mudimi bo`lgan platina qiyin eriydigan, kimyoviy jihatdan mustahkam va elektrni yaxshi o`tkazadigan metalldir. Platina kimyoviy idishlar, zargarlik buyumlari yasashda, elektrotexnikada, tish qo`yishda va boshqalarda ishlatiladi.