AGRESSIYA AKTI

AGRESSIYA AKTI — 1) ma‘lum bir davlat (davlatlarning koalitsiyalari) qurolli kuchlarining boshqa davlat hududiga bostirib kirishi yoki hujum uyushtirishi; 2) bostirib kirish yoki hujum qilishning natijasi hisoblangan har qanday harbiy okkupatsiya, uning qancha vaqt davom etishidan qat‘iy-nazar, yoki boshqa davlat hududini (hududining bir qismini) zo’ravonlik bilan o’z hududiga qo’shib (biriktirib) olish; 3) har qanday boshqa davlat hududiga qarshi bir davlatning qurolli kuchlari tomonidan qurol-yarog’ ishlatish; 4) har qanday davlatning portlari yoki qirg’oqlarini boshqa bir davlatning (koalitsion davlatlarning) qurolli kuchlari tomonidan blokada qilinishi; 5) davlat (koalitsion davlatlar) qurolli kuchlarining bir davlatning quruqlikdagi, dengiz, havo kuchlariga yoki dengiz va havo flotlariga uyushtirgan hujumi; 6) har qanday davlatning, uning boshqa bir davlat ixtiyoriga topshirgan hududidan ushbu davlat boshqa har qanday davlatga qarshi agressiya aktini amalga oshirishiga imkon yaratuvchi harakati; 7) davlat tomonidan yoki uning nomidan qurollangan guruhlar va safarbar qo‗shinlar yoki yollangan jangchilarni har qanday boshqa bir davlat hududiga jo’natish. Shundan, BMT Nizomiga ko’ra, boshqa aktlar ham arressiya xarakteriga xos bo’lishini BMT Xavfsizlik Kengashi belgilashi mumkin. Xavfsizlik Kengashi tomonidan Agressiya.aktini qayd etish, Kengash tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashga yoki tiklashga oid choratadbirlar yuzasidan tavsiyalar yoki qarorlar qabul qilishnishi mumkin. Shundan, Agressiya aktlari O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatida ham qattiq qoralanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida, mamlakat tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralar dahlsizligi va nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish kabilar mustahkamlab qo’yilgan.