ANTAGONIZM

ANTAGONIZM (lot. antagonisma – bahs, kurash) — bir-biriga qarama-qarshi kuchlar, g’oyalarning keskin kurashini ifodalaydigan ziddiyat. Antagonizm tabiat va jamiyat hodisalarida o’ziga xos shakl va mazmunga ega. Ekspluatatsiya qilinuvchi qatlam bilan ekspluatatorlar o’rtasidagi ziddiyatlar va kurashlar Antagonizm hisoblanadi.