ARALASH SAYLOV TIZIMI
ARALASH SAYLOV TIZIMI — o’zida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Masalan, Germaniyada Bundestagga saylovlarda aralash tizim qo’llaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko’pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim bo’yicha, ikkinchi yarmi esa, ko’p mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro’yxati asosida proporsional tizim bo’yicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham qo’llaniladi.