BYULLETEN

BYULLETEN (fr. bulletin – kichik yorliq, e‘lon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, ko’rsatmalar va shu kabilar to’plami; 2) keng jamoatchilik uchun muhim bo’lgan voqea, hodisa haqidagi e‘lon (masalan, urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihat-salomatligi to’g’risida va h.k.); 3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (masalan, O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Byulleten»lari va boshqalar); 4) ma’lum shakldagi saylov varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qo’yilgan shaxsning ism-familiyasi, tug’ilgan-yili va boshqa ba’zi asosiy ma’lumotlar ko’rsatiladi; 5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha yaroqsiz bo’lganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat.