BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR — O’zbekistonda maxsus boshqaruv tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining me’yoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining me’yoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan g’ayriqonuniy harakatlar. Odil sudlovga qarshi, xo’jalik faoliyati va jamoat xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar ham ma’lum darajada boshqaruv tartibiga tajovuz qiladi. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni shartli ravishda subyektiga qarab, 2 guruhga bo‗lish mumkin: 1) mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (O‘zbekiston Respublikasi JK, 205-210 – moddalar); 2) mansabdor bo‗lmagan har qanday shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (O‘zbekiston Respublikasi JK, 211-22 –moddalar).