DOGMA
DOGMA (yun. dogma – fikr, qoida, ta‘limot) — 1) qanday sharoitda qo’llanishidan qat‘i nazar, tanqid ko’zi bilan tekshirilmay ko’r-ko’rona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yo’liga, fan taraqqiyotiga to’sqinlik qiladi; 2) ilohiyotda dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan e‘tiqod qilinadigan ta‘limot.