DIREKTORIYA
DIREKTORIYA (lot. directorium – boshqarma, rahbarlik) — Fransiya respublikasining 1795-1799-yillardagi hukumati. 5 a‘zo (direktor)dan tashkil topgan. Direktoriya hukumati yirik burjuaziya manfaatini himoya qilgan. 1799-yil 9 noyabrda Napoleon Bonapart davlat to’ntarishi yasab, Direktoriyani ag’darib, harbiy burjua diktaturasini o’rnatgan.