DIVIDEND

DIVIDEND (lot. dividendum – taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har-yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bog’liq. Dividend har-yili aksiyadorlarning qo’lidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi.