DIPLOMATIK KURER

Ma’nosi

DIPLOMATIK KURER — tashqi ishlar vazirligidagi maxsus mansabdor shaxs. Diplomatik pochta vakolatxonalarga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Diplomatik kurer va u olib boradigan pochta daxlsizdir. Diplomatik kurer ushlanishi, qamab qo’yilishi yoki tintuv qilinishi mumkin emas. Diplomatik kurer chet el hududidan o’tib borayotganida mazkur mamlakat hukumati uning daxlsizligini ta‘minlashga majburdir.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar