DOIMIY VAKOLATXONA

DOIMIY VAKOLATXONA — xalqaro huquqda vakillik tusidagi organ (missiya). Davlat tomonidan o’zi a‘zo bo’lgan bir yoki bir necha hukumatlararo xalqaro tashkilotlar huzurida ta‘sis etiladi. Doimiy vakolatxona o’z mamlakati bayrog’i va emblemasidan foydalanish huquqiga ega. Doimiy vakolatxona va uning xodimlari huquqiy maqomi, imtiyoz va immunitetlari darajasi xalqaro bitimlar, shuningdek, o’zi istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlari orqali belgilanadi. O’zbekistan Respublikasi BMT, YUNESKO xuzurida va boshqa xalqaro tashkilotlarda o’zining Doimiy vakolatxonasiga ega.