G’OYA

G’OYA — inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o’zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’ladi. Forobiy ―fozil jamiyat‖, Navoiy ―adolatli jamiyat‖ G’oyalarini ilgari surganlar. XVII-XVIII asrlarda G’oya tushunchasi bilish nazariyasi bilan bog’lab izohlangan. Shu asosda G’oyalarning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari. shakllari bilan aloqasi, umuman bilish jarayonida tutgan o’rni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda Kant G’oyalarni aql tushunchalari sifatida asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha, G’oya ―menning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G’oya taraqqiyot jarayonini o’zida to’la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan.