DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI

DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI — davlat tomonidan boshqaruv sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Ular boshqaruv faoliyatini sifat tomonini belgilab beradi. Shuning uchun ham boshqaruv sifatini yaxshilash, uning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan boshqaruv usullarini takomillashtirishga bog’liqdir. Davlat o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida hamda vazifa va funksiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgani ma‘muriy usullardir.