DAVLAT KENGASHI

DAVLAT KENGASHI — 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gretsiya, Kolumbiya)da asosiy davlat muassasalaridan biri, u yo oliy ma‘muriy adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat organi, yo bo’lmasa ba‘zi mamlakatlarda bir vaqtning o‗zida davlat boshlig’i huzuridagi maslahat organi hisoblanadi; 2) Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, XXR, Koreya Respublikasida hukumatning rasmiy nomi; 3) 1810-1906 yillarda Rossiya imperiyasida qonun chiqaruvchi oliy maslahat organi.