DEMOKRATIYA «EKSPORTI»

DEMOKRATIYA «EKSPORTI» — ayrim taraqqiy etgan davlatlarning geosiyosiy va iqtisodiy manfaat va maqsadlarni ko’zlagan holda demokratik o’zgarishlar jarayonini tezlashtirish zaruratini ro’kach qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar ichki ishlariga aralashishga, ba‘zan ochiq-oshkora, ba‘zan esa turli nohukumat tashkilotlar orqali tazyiq o’tkazish shakllaridan biri. Sodda qilib aytganda, bir davlatga boshqa davlatdagi mavjud demokratiyani ko’chirib olib kelish. Mazkur atama keng ma‘noda XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida G’arbda liberal demokratiya ta‘limoti va tranzitologiya konsepsiyasi negizida vujudga kelgan hamda alohida mamlakat yoki bir guruh davlatlarning avtoritar holatdan demokratiyaga o’tishini ta‘minlash usullari, tamoyillari va yo’l-yo’riqlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek bu jarayonni tezlashtirishga qaratilgan nazariy-konseptual va amaliy yondashuvlar. Eksport qilish turli yo’llar orqali amalga oshiriladi. Jumladan demokratik tuzum olib kirilishi kerak bo’lgan davlat xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchini yo’qotish va bu davlatda demokratiya mavjud emas, deya ishontirish orqali amalga oshirishdir. Demokratiya “eksporti” davlat mustaqilligini xavf ostiga qo’yadi. Inson va davlat munosabatlarida murakkablik yuzaga keladi. Ana shu holatda demokratiya mavjud emas, deya e‘tirof etilgan davlatda turli namoyish va qo’zg’alonlar orqali xalqni davlat rahbari va hokimiyatga qarshi chiqishi uyushtiriladi. Xalq davlat siyosatiga qarshi gij-gijlanadi. Aholida hukumatga va uning siyosiy faoliyatiga nisbatan norozilik kayfiyatini tug’diriladi. U yerdagi aholiga esa o’zlari ko‗rsatgan ―yo’l to’g’ri ekanligi singdiriladi va tashqi kuchlarning manfaatiga xizmat qiladigan rahbarni saylashga intilishadi. Asta-sekin davlat demokratiyani ekstport qilayotgan o’zga davlatga iqtisodiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy qaram bo‗lib boradi. Natijada mustaqillikka putur yetadi. Ya‘ni siyosiy-iqtisodiy, g’oyaviy-mafkuraviy va ma‘naviy jihatdan qaramlik kelib chiqadi. Bunga aholini, ayniqsa, yosh avlodni o’z tomoniga og’dirish, ularni o’z Vataniga, davlat hokimiyatiga nisbatan qarshi tarbiyalash orqali erishiladi.