FYURERIZM
FYURERIZM — fashizm mafkurasida muhim o’rin egallagan tamoyil. Unda fashist partiyalari va davlatlarining yetakchilari ijtimoiy tartibni ta‘minlash uchun ilohiy qobiliyatga ega bo’lgan, milliy manfaatlarga haddan tashqari sodiq kishilar sifatida ko’rsatiladi. Shuning uchun ham butun omma, millat o’zining rahbariga so’zsiz itoat etishi talab etiladi.