DEMOKRATIK TADBIRLAR

DEMOKRATIK TADBIRLAR — saylovlar, saylangan mansabdor shaxslarning hisobotliligi, vakillarni chaqirib olish, qonun loyihalari va boshqa xujjatlarni umumxalq muhokamasi, referendumlar, so’rovlar, namoyishlar, yig’ilishlar, s‘yezdlar, chet el tashriflari va h.k. xalqning davlat va jamiyat ishlarida keng qamrovli va samarali ishtirokini ta‘minlovchi tadbirlar. Ammo bularning mavjudligi hali jamiyatda demokratlashtirish yalpi tus olganligini bildirmaydi.