EKKLESIYA
EKKLESIYA (yun.) — Yunonistonda xalq majlisining eng ko’p tarqalgan nomi. Demokratik polislarda Ekklesiya – qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bo’lgan davlatning oliy organi; mansabdorlarni saylab ularni doimo nazorat ostiga olgan Ekklesiya tarkibi mulkiy senz belgilari orqali fuqarolar orasidan tanlab olingan. Bir qator yunon polislarida xalq majlislari maxsus nomlar bilan atalgan: Spartada – apella, Delfa va Fessaliya shahrilarida – agora, Argos, Epidavr, Gel, Akragantda – aliya. So’nggi davr antik yozuvchilari asarlarida xalq majlislari o’tkaziladigan joy ham Ekklesiya deb atalgan. Xristianlikda Ekklesiya deb dindorlar jamoasi, ba‘zan butun cherkov tushunilgan.
O‘xshash so‘zlar
- EKKLESIYA
- EKLEKTIV
- EKLEKTIZM
- EKOLOGIK HALOKAT
- EKOLOGIK HARAKAT
- EKOLOGIK INQIROZ
- EKOLOGIK NAZORAT
- EKOLOGIK SIYOSIY MAFKURALAR





