FALSAFA

FALSAFA (siyosiy falsafa) — siyosatni yaxlit holda, uning tabiati, inson uchun ahamiyati nuqtai nazaridan o’rganuvchi, siyosiy hayotning ideallari, me’yoriy tuzilishini ishlab chiquvchi, siyosatni baholashning umumiy mezonlarini belgilab beruvchi bilim sohasi. Siyosiy falsafa predmetini uch toifa hodisalar tashkil etadi: 1) siyosatni axloq, yirik ijtimoiy guruhlar va insoniyat nuqtai nazaridan baholash mezonlari, siyosiy qadriyatlar; 2) tarixiy tajriba, umumlashmalar asosida siyosatning tub asoslarini o’rganish; 3) siyosatni bilish usullari va vositalarini tahlil qilish, siyosiy kategoriyalar ma’nosini aniqlash.