FANATIZM

FANATIZM (lot. fanaticus – juda asabiylashgan, jazavaga tushgan) — o’z e’tiqodiga sodiqlikning boshqalarning e’tiqodlariga toqatsizlilik bilan uyg‗unlashuvi. Ya‘ni muayyan g’oya, e‘tiqodga ko’r-ko’rona va kuchli ishonish ma‘nosini anglatadi. Fanatizmning iste‘molchilik, diniy, siyosiy-g’oyaviy, falsafiy va milliy shakllari mavjud. Siyosiy fanatizmga fransuz inqilobi davrida, siyosiy partiyadan ko’ra ko’proq o’ziga xos siyosiy mazhabga o’xshab ketadigan yakobinchilar siyosiy mutaassiblikka misol bo’ladi. Fanatizmning xatarli jihati shundaki, unga yo‗liqqan odanlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladi.