EKOSIYOSIY MAFKURA

EKOSIYOSIY MAFKURA — siyosiy mafkura turlaridan biri. Urushdan Keyingi yillarda vujudga keldi va o’tgan asrning 70-80 – yillarda keng rivoj topdi. Bunda rivojlangan mamlakatlardagi og’ir ekologik vaziyat sabab bo’ldi. Ekosiyosiy mafkuralar inson yashaydigan atrof- muhitni himoya qilishni, kerakli qonunlar va qarorlarni qabul qilish uchun o’zlarining hukumat va qonun chiqaruvchi organlariga ta‘sir ko’rsatish orqali ekologiyani yaxshilashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hozirgi vaqtda bu oqimlar ko’plab mamlakatlarning parlamentlari va hukumatlarida o’zlarning vakillariga ega.