POSTULAT

Ma’nosi

POSTULAT (lot. postulatum – talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi bo’lgan prinsip yoki qoida. Postulat, odatda, biror mulohazaga ko’ra asoslanadi, ana shu asoslash uning qabul qilinishiga sabab bo’ladi. Postulat tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qo’llaniladi.

O‘xshash so‘zlar

P harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar