RAIYAT

RAIYAT (arab.) — 1) biror o’lka yoki mamlakat aholisi; 2) o’rta asrlarda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida dastlab barcha soliq to’lovchi qishloq va shahar aholisi. Usmonli turk imperiyasida XVIII asr oxiridan boshlab ―Raiyat (raiya) atamasi faqat musulmon bo’lmagan aholiga nisbatan ishlatilgan. Indoneziyada ― Raiyat xalq ma‘nosida qo’llaniladi.