Biy
Biy-ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan, o’zbeklarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon. Biylar XVIII-XIX asrlarda yirik o’zbek qabila va urug’lariga boshchilik qilib, faqat markaziy hukumatga itoat etgan. O’rta Osiyo xonlari qabila va urug’ boshliqlarini itoatda saqlash uchun ularga unvonlar berib mansablarga tayinlanganlar. Biy unvoni avloddan-avlodga meros bo’lib qoldirilgan.