ISTIQLOL
ISTIQLOL (arab. ozodlik, mustaqillik, erkin bo’lish) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. «Istiqlol» so’zi «mustaqillik» so’zining o’zagi hisoblanadi va unga nisbatan birlamchi asos vazifasini o’taydi. Istiqlol, asosan, siyosiy jihatdan erkin bo’lishni anglatadi, mustaqillik – barcha sohalarda to’la ozodlikka erishilgani, ixtiyori o’zida ekanini ifodalaydi.