ISHONCHLI VAKIL

ISHONCHLI VAKIL — O’zbekiston Respublikasida Oliy Majlis deputatligiga nomzod yoki Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodning vakili. Ishonchli vakil nomzodning deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o’zaro munosabatlarda, shuningdek, saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladi.