IMPICHMENT
IMPICHMENT (ing. impeachment) — ayrim davlatlarda, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiyada oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenta, hukumat boshlig’i va hokazo)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to’g’risidagi ishlarni sudda ko’rib chiqishning alohida tartibi. Impichment vaqtida jinoiy ish qo’zg’atish va sudga berishni, odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko’rib chiqish esa – oliy palataning vazifasidir, ko’rib chiqish lavozimdan chetlatish (bo’shatish) bilan yakunlanishi mumkin. Impichment tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.