INDIVIDUALLIK
INDIVIDUALLIK (lot. individuum – bo‗linmas) — muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning o’zigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining o’ziga xosligi bilan Individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qo’yiladi. Dastlab, Individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, ya‘ni o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (ya‘ni, bo’linmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida ma‘lum bo’lgan. Hozirda Individuallik tushunchasi ilm fanda turli ma‘nolarda ishlatiladi. Ijtimoiy fanlarda Individuallik olomonga, guruhga zid tushuncha sifatida o’rganiladi.